"Turon" klubi prezidenti lavozimidan ozod etildi
Xabaringiz bor, kecha "O‘zbekiston" o‘yingohida Coca-Cola Superliganing 26-turi doirasidagi "Turon" - "Andijon" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘yin yakunidan so‘ng klub rahbariyati va ta’sischilari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Klubimiz qarorgohida tashkil etilgan ushbu yig‘ilish davomida jamoaning mavsum mobaynidagi natijalari tanqidiy ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.

Shundan so‘ng, bugunga qadar klub prezidenti lavozimida ishlab kelgan yosh mutaxassis Abduvahob Ahmadaliev o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
“Turon" futbol klubi Abduvahob Ahmadalievni jamoamizdagi faoliyatiga samimiy minnatdorchilik bildirgani xolda kelgusida ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilaydi.
Hammasi uchun rahmat Abduvahob Ahmadaliev!
“Turon” matbuot xizmati.



Fikrlar