
"Turon" nazorat bahsida "Surxon" ustidan g‘alaba qozondi
Superliganing 2-davrasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan “Turon” bugun Termizning “Surxon” klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.
Yaypanliklarning yangi a’zosi Xumoyun Murtozaev tomonidan 80-daqiqada kiritilgan yagona gol “Turon”ga g‘alaba keltirdi. Yakuniy hisob – 1:0.
Nazorat uchrashuvi
"Turon" - "Surxon" 1:0
Gol: Xumoyun Murtozaev, 80 (1:0)
Superligada 12 turdan so‘ng “Turon” 13-o‘rinda, “Surxon” esa 12-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar