
"Turon" o‘z safiga 2 nafar tajribali futbolchi qo‘shib oldi
Yangi mavsumdan Superligada ishtirok etadigan "Turon" o‘z tarkibini yanada kuchaytirish borasida bir qator transferlarni amalga oshirmoqda. Xususan, jamoa tajribali futbolchilar Muzaffar Muzaffarov va Abduqahhor Hojiakbarov bilan kelishuvga erishdi. Endilikda ushbu futbolchilar yangi mavsumni "Turon" tarkibida o‘tkazishadi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Muzaffar Muzaffarov o‘tgan mavsumni "Qo‘qon-1912" jamoasida o‘tkazgan bo‘lsa, Abduqahhor Hojiakbarov "Surxon" safida o‘ynagan.
Fikrlar