"Turon" Superliganing yana 2 ta klubiga qarshi o‘ynaydi

  • 17.07.2022 23:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Anvar Berdiev bosh murabbiyligidagi asosiy tarkib vakillari 6-15 iyul kunlari Tojikiston davlatida yozgi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.

15 iyul sanasida xorij yig‘inini yakunlagan "Turon" poytaxtimiz Toshkent shahriga etib keldi va rejaga ko‘ra 16 iyul kuni "Lokomotiv" klubiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi. Mazkur o‘yin yakunida jamoa a’zolariga 19 iyul kuniga qadar qisqa ta’til berildi.

Yozgi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari 19 iyul sanasidan boshlab Yaypan shahriga ko‘chadi. Yig‘inning qolgan qismi davomida bir qator jamoalarga qarshi nazorat uchrashuvlari ham rejalangan.

Jumladan, 24 iyul kuni Namanganning "Navbahor", 28 iyul sanasida esa Qo‘qon shahrining "Qo‘qon-1912" klublariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etiladi.

“Turon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!