"Turon" tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini boshladi
Avval xabar berganimizdek, Anvar Berdiyev bosh murabbiyligidagi "Turon" 19 fevral kuni Farg‘onaning "Neftchi" klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur o‘yindan so‘ng jamoa futbolchilariga 2 kunlik qisqa ta’til berildi. Bugundan jamoa qarorgohida yig‘ilgan futbolchilar tayyorgarlikning so‘ngi bosqichini boshlashdi.
Ma’lumot uchun, "Turon" 5 mart kuni Pro-liganing 1-turi doirasida safarda G‘uzorning "Sho‘rtan" klubiga qarshi maydonga tushadi.



Fikrlar