"Turon" ustozi "Paxtakor"ga qarshi o‘yin oldidan asosiy tarkibga U19 jamoasidan 5 nafar futbolchini jalb qildi

  • 12 oktabr, 2023, 00:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada so‘nggi o‘rinda borayotgan “Turon”ni oldinda endi safarda turnir peshqadami – “Paxtakor”ga qarshi juda og‘ir o‘yin kutib turibdi.

Yaypanliklar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov esa bo‘lajak o‘ta muhim uchrashuv oldidan tarkibga “Turon”ning U19 jamoasidan 5 nafar o‘yinchini jalb qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu xususida klub matbuot xizmati shunday xabar qiladi:

“Ayni kunlarda Yorqin Nazarov bosh murabiyligidagi asosiy tarkib jamoamiz «Paxtakor» bilan o‘yinga tayyorgarlik mashg‘ulotiga kirishishgan. Ayni mashg‘ulotlarga U19 jamoamizdan qator iqtidorli yosh futbolchilar ham jalb etildilar.

Jumladan, Farruhjon Qodirov, Onadillo Abdumannonov, Mirariz Mahammadaliev, Lazizxon Mo‘ydinov va Javohir Maqsudovlar asosiy tarkib jamoamiz bilan tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqdalar”, - deyiladi rasmiy xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!