"Turon" yig‘in yakunida "Mash’al"ni engdi, tarkibiga esa legionerlar qo‘shildi

  • 16 fevral, 2021, 18:17
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Turon” klubi Toshkentdagi yig‘ini doirasida so‘nggi nazorat uchrashuvini “Mash’al” jamoasiga qarshi o‘tkazib 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Avvalo tarkibdagi o‘zgarishlarga to‘xtalsak, “Turon”ga bolqonlik himoyachi Dayan Ponevich taklif qilindi. Tez orada u bilan shartnoma imzolanishi mumkin. Shuningdek, janubiy koreyalik Po Yong ham ko‘rikdan o‘tish uchun jalb etildi. Endi “Mash’al” bilan bellashuvga kelsak, Muzaffar Muzaffarov va Bilol Toshmirzaevning kiritgan gollariga muborakliklardan Xumoyun Murtazoev bir bor javob qaytardi.

“Turon” tarkibi: Islom Abdullaev, Jahongir Mehmonov, G‘iyos Komilov, Abduqahhor Hojiakbarov, G‘olibbek Sariboev, Davron Umirov, Muzaffar Muzaffarov, Sinisha Babich, Abdurahmon Abdulxaqov, Doniyor Ismoilov, Asilbek Qayumov.

Zaxiradan maydonga tushganlar:  Akmal Ortiqov, Ismoil Oxunjonov, Dayan Ponevich, Dostonbek Meliqo‘ziev, Asliddin Toshtemirov, Bilolxon Toshmirzaev, Po Yong, Jasur Xakimov.

“Mash’al” tarkibi: Botir Nosirov, Zoir Tursunov, Jamoliddin Ubaydullaev, Sirojiddin Allaev, Abbos Shodmonov, Sardor Abduraimov, Samandar Shukurillaev, Samuel Ononivu, Uilyams Ukeme, Ifiani Ifiani,  Xumoyun Murtozaev.

Shu bilan “Turon” jamoasi qisqa muddatli tanaffusga chiqdi. Navbatdagi yig‘in 19 fevraldan yana Toshkentda davom ettiriladi. Mazkur yig‘in doirasida futbolchilarni O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek tibbiy ko‘rikni tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahridagi navbatdagi yig‘in davomida "Bunyodkor" va "So‘g‘diyona" klublari bilan nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!