
"Turon"da germaniyalik murabbiy ish boshlaydi
Superligani tark etgan “Turon” klubi yana barchasini boshidan boshlashga tayyor turibdi. Gap shundaki, klub xo‘jayinlari bu yil yo‘l qo‘yilgan xatolardan kerakli xulosalarni chiqargan holda eng shimarib ishga kirishdilar.
Xabaringiz bor, yaqinda Olimxon Ahmedov “Turon” klubi prezidentiga aylandi. Tojikistonlik mutaxassis Aleksandr Azimov esa klub vitse-prezidenti etib tayinlandi.
Bilasiz, mavsum davomida jamoaga Islom Ismoilov, Boguslav Baniak, Igor Shkvirin va Bahrom Hakimov bosh murabbiylik qildilar. Xo‘sh, yangi mavsumda “Turon”da kim bosh murabbiy bo‘lib ishlaydi, degan savol bor.
Ushbu masala bo‘yicha klub prezidenti Olimxon Ahmedovning Sports.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, bosh murabbiylikka boshqa nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda. Bahrom Hakimov esa yoshlar bilan ishlashi kutilmoqda. Qolaversa, jamoaga Germaniyadan jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha tajribali mutaxassis kelishini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Shunday ekan, tez orada “Turon” klubida e’tiborga molik o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishimiz katta ehtimol.
Fikrlar