
"Turon"ni Superligaga olib chiqaan murabbiy jamoa bilan 3 yillik shartnoma imzoladi
Xabaringiz bor, "Turon" Superliga yangi mavsumiga tayyorgarlik jarayonini Toshkent shahrida davom ettirmoqda. Bugun klub prezidenti Abduvahob Ahmadaliev jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, mazkur uchrashuv davomida yosh mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolandi. Uning qo‘l ostida jamoa o‘tgan mavsum Pro ligada 1-o‘rinni egallab, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Superliganing yangi mavsumiga 9 mart kuni start beriladi.
Fikrlar