Tursunov: "Pulni tanlasam..."

  • 31.03.2023 23:14
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Surxon" Superliganing 4-turida "Buxoro"dan ustun keldi."Paxtakor" stadionida o‘tkazilgan bahsdan Termiz klubi futbolchisi Dostonbek Tursunovning fikrlariga quloq tutdik:

"Buxoro"da tajribali futbolchilar yig‘ilgan. Ular mayda paslarga ko‘proq e’tibor qaratishini bilardik. Bugun xarakter va tezkorlik evaziga 3 ochkoni o‘zimizniki qildik".

— Siz 3 turdan keyin jarohatga yo‘liqqanmidingiz?

— Yo‘q, hammasi joyida.

— Olimpiya terma jamoasiga jalb qilinmaganingiz uchun so‘rayapman...

— Yo‘q, bu murabbiyning tanlovi bog‘liq. Timur akaning qarorlarini hurmat qilaman.

— O‘zi "Olimpik"dan ketishingiz qanday bo‘ldi?

— Tomonlar kelishishgan. Oxirida mendan so‘rashdi. Qabul qildim...

— Bu ko‘proq "Olimpik"da maosh kamligi bilan bog‘liqmi?

— Yo‘q! Ishoning, agar pulni tanlasam, "Surxon"ga o‘tmasdim. Ancha yaxshiroq variantlar bor edi. Bu erga kelishimning asosiy sababi sobiq murabbiyim shu erda ekani.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!