
Tuxel “ Chelsi”dan katta summa bilan ketadi
“Chelsi” xo‘jayini Todd Byoli tomonidan iste’foga chiqarilgan germaniyalik bosh murabbiy Tomas Tuxel Londondan quruq qaytmaydi.
Klub rahbariyati amaldagi shartnomani erta bekor qilgani uchun bosh murabbiy va uning shtabiga kompensatsiya to‘lashi belgilangan.
Dialy Mail nashrining xabariga ko‘ra, Tuxelga 15 million evro miqdorida badal puli to‘ladi. Unga yordam bergan murabbiylar 2,5 million evroni bo‘lishib oladi.
Tomas Tuxel “Chelsi”ga 2021 yili taklif qilingan edi. Uning boshchiligida jamoa Evropa Chempionlar ligasi, UEFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Fikrlar