Tuxel 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Liga 1 tartib-intizom qo‘mitasi PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxelni jazoladi.
Eslatib o‘tish lozimki, germaniyalik mutaxassis chempionatning "Strasbur"ga qarshi bahsida hakam tomonidan maydondan chetlatilgan edi.
Qo‘mita qaroriga ko‘ra Tuxel 1ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Endi u “Nant”ga qarshi chempionatning 28-tur qoldirilgan bahsida jamoasini maydonga boshlab tusha olmaydi.
Qayd etish lozimki, agar PSJ 14 aprel kuni “Lill”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsda g‘alaba qozonsa, muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishi mumkin.

Fikrlar