Tuxel “Arsenal” muammoasini hal qilib beradi

  • 16.12.2021 17:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Arsenal”da etakchi hujumchi Per-Emerika Obameyang borasida muammo kelib chiqdi. Tajribali futbolchi ichki-tartib qoidalarni buzgani uchun sardorlik maqomidan ayrildi, bundan tashqari ketma-ket ikkita uchrashuvda qaydnomaga kiritilmadi.

Bu muammoaga “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel e’tibor qaratdi.

Gap shundaki, Obameyang  germaniyalik mutaxassis qo‘l ostida “Borussiya D” jamoasida porlagan edi.

- Men Obameyang bilan gaplashib ko‘raman. U men uchun muhim o‘yinchi bo‘lgan va hozir ham yaxshi munosabatlar saqlanib qolgan. Bunaqa ahvolga tushib qolganiga achinyapman. Agar uning ijobiy xarakteri va mahoratini inobatga olsak, bunday bo‘lishi kerak emasdi. Umid qilamanki, u yaxshi odatlarini yo‘qotmagan.

Men uni hamon hurmat qilishimni, bo‘lgan voqealar unga munosabatimni o‘zgartirmasligini izhor qilmoqchiman, - dedi Tomas Tuxel.

Eslatib o‘tamiz, gabonlik hujumchi Frantsiya istiqomat qiladigan onasini ko‘rish uchun borib, klub belgilagan vaqtda ortga qaytmagani muammolarni keltirib chiqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!