Tuxel: Biz futbolchilarni "o‘ldiryapmiz"
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Nant"ga qarshi o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumani chog‘ida jamoasi bilan duch kelayotgan tig‘iz taqvim haqida to‘xtalib o‘tdi:
"Biz futbolchilarni o‘ldiryapmiz. Men buni doim aytib kelganman. Nega o‘ldiryapmiz? Sababi futbolda mashg‘ulot, o‘yin va natija ketma-ketligi mavjud.
Futbolda bu kabi tinimsiz bellashuvlarda maydonga tushish juda ko‘p kuchlilarning sinishiga sababchi bo‘lgan. Ular xalqaro tanaffusda terma jamoalar tarkibida ham o‘ynashga majbur va yanada yomoni, uzoq safarlarni amalga oshirishlariga to‘g‘ri keladi. Ularda tiklanish uchun juda kam vaqt bo‘lyapti. Mashg‘ulotlar orqali tiklanmas ekansiz, jarohatlar ham ko‘payib boraveradi.
Hammada ham bir xil vaziyat, biz bahona qilmoqchi emasmiz. Ushbu muammoning echimlarini izlashda davom etamiz", - deydi Tuxel.

Fikrlar