
Tuxel "Chelsi"dan iste’foga chiqqan vaziyatni esladi
"Bavariya" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Borussiya" bilan o‘yindan oldingi matbuot anjumanida "Chelsi"dan qanday qilib ketgani haqidagi savollarga javob berdi.
"Bu juda g‘alati hodisa bo‘lgan. Ertalab soat sakkiz edi. Taxminan 3 yoki 5 daqiqani ichida hammasi hal bo‘lib ketdi. Men ham ko‘p gaplashadigan kayfiyatda emasdim. Katta yutuqlarga erishishimizga va uzoqroq qolishga ishongan edik," - dedi germaniyalik mutaxassis.
Tuxel London klubi bilan Chempionlar ligasida zafar quchdi. Yangi rahbariyat uni mavsum boshida o‘z ishidan ozod qildi va Grem Potterni olib keldi. Angliyalik murabbiy qo‘l ostida jamoa APLda 10-o‘rinda bormoqda. EChLda esa chorak finalda "Real"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar