
Tuxel Kavaniga "Monako"dan o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Monako" klubi hujumchisi Vissam Ben-Yedder faoliyatini Parij grandi safida davom ettirishi mumkin.
ABC nashri tarqatgan xabarga qaraganda, PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel 29 yoshli futbolchini yozda jamoadan ketadigan hujumchi Edinson Kavani o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli urugvaylik futbolchi Argentinaning "Boka Xuniors" klubiga ko‘chib o‘tadi.
Ben-Yedder bu mavsum “Monako” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 19 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar