
Tuxel: Lukaku o‘rningga ko‘p gol uradigan hujumchi keladi!
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel shogirdlari Chempionlar ligasini tark etganidan keyin jamoa hujum chizig‘ini yangilashga qaror qildi.
O‘tgan yozda 97,5 million funtga olingan Romelu Lukaku transferni o‘zini oqlamaganidan keyin germaniyalik mutaxassis markaziy hujumchi masalasi uzil-kesil hal qiladigan bo‘ldi. Unga ko‘ra, Tuxel Lukakuning javobini berib, o‘rniga “Benfika” to‘purari Darvin Nunesni olib kelmoqchi.
Urugvaylik hujumchi 2020 yili Lissabonga kelganidan biri jami 80 ta uchrashuvda 45 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu gollardan 31 tasini joriy mavsumda kiritgan.
“Bunfika” bosh murabbiyi Nelson Verissimo 113 million funt evaziga hujumchini qo‘yib yuborishga tayyorligini bildirgan. Ayni paytda Evropaning bir necha katta klublari Nunesga og‘iz solmoqda.
Fikrlar