
Tuxel Mbappening jarohati haqida ma’lumot berdi
PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Nant"ga qarshi bellashuvdan (3:0) keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Killian Mbappening maydonni biroz oqsab tark etgani haqidagi savollarga javob qaytardi:
"Mbappe vaziyatida jarohat bo‘lgan, deb o‘ylamayman. U biroz charchagan bo‘lsa kerak. Xuddi shunday holat Kin bilan ham sodir bo‘ldi. U bir necha ishonchli zarbalarni yo‘lladi. U o‘ynashni xohlagandi, ammo men yo‘q, dedim.
Hozir tavakkal qilishning o‘rni emas. Boshqa hech bir futbolchim jarohat olishini istamayman", - dedi nemis mutaxassisi.
Fikrlar