Tuxel: Neymar va Mbappening o‘zaro munosabati PSJ uchun juda muhim
PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel jamoaning ikki yulduzi Kilian Mbappe va Neymar borasida o‘z fikrini bildirdi.
"Bu ikki futbolchining o‘zro munosabatda bo‘lishi PSJ uchun juda muhim.Ular bilan bizda juda ko‘p imkoniyatlar yuzaga keladi.
Mbappe bir necha hafta davomida og‘riqdan azob chekmoqda. Biz sabrli bo‘lishimiz kerak. Hozircha u 90 daqiqa o‘ynay olmaydi.
Biz vaziyatga va raqibga moslashishimiz kerak. Endi biz hujumda Mbappe va Ikardi bilan o‘ynay olamiz," - dedi Tuxel.

Fikrlar