
Tuxel Obameyang transferi haqida gapirib o‘tdi
"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel "Barselona" hujumchisi Per-Emerik Obameyangning jamoaga o‘tishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
"Siz o‘z o‘rni va har bir soniyalar uchun kurashadigan o‘yinchilarga ega bo‘lishingiz kerak. Futbolchilar faqat taktika va jamoa ruhiyatiga mos tushishi shart emas.
Ular har qanday qiyinchiliklarga tayyor bo‘lishi lozim. Transferlar oynasi ochiq. Shunday ekan, hamma narsa bo‘lishi mumkin. Asosiysi, sizda hozir nima borligi, kelajakda nima bo‘lishi emas", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar