Tuxel Zidandan zo‘rmi?

  • 17 mart, 2022, 13:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chempionlar ligasi 1/8 finalining “Lill”ga qarshi javob uchrashuvi “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel uchun ushbu turnirdagi 50-o‘yin bo‘ldi.

“Aristokratlar” ustozi Evropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasida o‘tkazgan 50 uchrashuvning 32 tasida g‘alaba qozongan.

Opta statistik portali xabariga ko‘ra, bu Chempionlar ligasining yangi rekordidir. Hech bir murabbiy EChLning dastlabki 50 ta o‘yinida bunchalik ko‘p g‘alaba qozonmagan.

Avvalroq Zinedin Zidan "Real" bilan 50 uchrashuvning 31 tasida g‘alaba qozongan va bu borada rekordchiga aylangan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!