Tuxelga yana hujumchi kerak!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" yanvar oyida hujumchi xarid qilmoqchi. Bu haqda "Express" nashri yozmoqda.

Manbaning xabar berishicha, "ko‘klar" bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub rahbariyatidan hujumchi transferi uchun pul so‘ragan. Tuxel Romelu Lukakuga sifatli o‘rinbosar olib kelmoqchi. Shu tariqa, germaniyalik mutaxassis Lukakuga bo‘lgan bosimni kamaytirishni xohlamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" Angliya Premer Ligasining navbatdagi turida "Nyukasl"ga qarshi maydonga tushadi. Bahs ertaga Toshkent vaqti bilan 19:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!