
Tuxelning PSJdan ketishi "Real" rejalariga ta’sir o‘tkazishi mumkin
Tomas Tuxel PSJdan ketishi ortidan "Real" Kilian Mbappening transferini amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
As nashri manbasiga ko‘ra, frantsiyalik futbolchi germaniyalik mutaxassis bilan munosabatlari sabab Parijdan ketish haqida o‘ylayotgan edi. Biroq agar Tuxel ketib, jamoa boshqaruviga Muarisio Pochettino keladigan bo‘lsa, unda 22 yoshli futbolchi PSJ bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
"Real" Mbappe uchun 2021 yilda 180 million evro to‘lashga tayyor. Agar parijliklar hujumchining transfer uchun ushbu summadan ko‘proq talab qiladigan bo‘lsa, unda "qaymoqranglilar" rahbariyati muzokaralarni to‘xtatishadi.
Oldinroq, PSJ Tuxel bilan shartnomani bekor qilgani haqida xabar tarqatilgan edi, biroq bu haqida rasmiy bayonot berilgani yo‘q.
Fikrlar