U - "Barselona" darvozasiga gol urgan ilk xitoylik futbolchi
Xabaringiz bor kecha Ispaniya La Ligasining 19-turida “Espanol” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qildi va 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvning 88-daqiqasida xitoylik futbolchi U Ley tomonidan kiritilgan gol maydon egalarini muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. E’tiborlisi, u “Barselona” darvozasiga gol urgan ilk xitoylik futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, U Ley “Espanol”ga 2018 yil “Shanxay SIPG”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar