U-16 Osiyo chempionati saralash bahslariga qur’a tashlandi

  • 9 may, 2019, 14:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
Bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi shtab-kvartirasida U-16 Osiyo chempionati saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi saralashning "B" guruhida Hindiston, Bahrayn va Turkmanistonga qarshi bahs olib boradigan bo‘ldi. 

Uzb-Qirg (3)_1
Saralash o‘yinlari shu yilning sentyabr oyida Toshkentda bo‘lib o‘tadi. 11ta guruhda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar qatorida 4ta eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkinchi o‘rin sohiblari ham Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!