U-17 JCh. 2-turdan so‘ng guruhimizdagi holat bilan tanishing. Terma jamoamizning o‘rni o‘zgardimi?
Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoaci Jahon chempionatining 2-turida Irlandiya bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Dastlabki turda U-17 terma jamoamiz Paragvay bilan to‘qnash kelib, 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishgan edi. Irlandiyaning o‘smirlar jamoasi esa ilk o‘yinda Panamani yirik 4:1 hisobida enggan edi.
2-turdan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi guruhda 2-o‘rinda qoldi. Irlandiya terma jamoasi esa 6 ochko bilan peshqadamlikni mustahkamladi. Birinchi turda vakillarimizga mag‘lub bo‘lgan Paragvay 2-tur doirasida Panamani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochko bilan 3-o‘rinni band qildi.
Ushbu uchrashuvlardan so‘ng guruhimizdagi holat bilan tanishing.




Fikrlar