U-17 JCh. O‘zbekiston Paragvayni mag‘lubiyatga uchratib, turnirni muhim g‘alaba bilan boshladi
Islombek Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk yurishini Paragvayga qarshi o‘tkazib, 2:1 hisobida muvaffaqiyatga erishdi va turnirni g‘alaba bilan boshladi.
Dastlab to‘qnashuvning 25-daqiqasida Azizbek Abdumo‘minov uzoqdan kuchli zarba yo‘llab, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarning ikkinchisi o‘tib borayotganda esa Azizbek dublni rasmiylashtirdi va jamoamizni tanaffusga 2 ta farq bilan chiqishini ta’minladi.
Ikkinchi bo‘limning 89-daqiqasida Ledesma 11 metrlik jarima zarbasidan Rustamjonov darvozasini ishg‘ol qildi va oradagi farqni qisqartirdi.
- World - U17 Jahon chempionati
- Guruh bosqichi
Paraguay U17
- Alan Ledesma 89'
Tugadi
1
:
2
05.11.2025 18:00
Uzbekistan U17
- Azizbek Abdumuminov 25'
- Azizbek Abdumuminov 45'

Fikrlar