U-17 JCh. O‘zbekistonni enggan Irlandiya 1/16 bosqichida Kanadani qiyinchilik bilan mag‘lubiyatga uchratdi
Xabaringiz bor, bugun o‘smirlar o‘rtasida o‘tayotgan Jahon chempionatining 1/16 bosqichi ham start oldi.
Guruh bosqichining 2-turida Islombek Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etgan Irlandiya 1/16 bosqichida Kanada bilan kuch sinashdi va penaltilar seriyasida zafar quchdi (9:8).
Dastlab to‘qnashuvning 65-daqiqasida Maykl Nunen hisobni ochishga muvaffaq bo‘lib, Irlandiyani hisobda oldinga olib chiqdi. 85-daqiqada esa Sergey Kozlovskiy hisobni tenglashtirdi va o‘yinni penaltilar seriyasigacha borishini ta’minladi. Seriyada esa Irlandiya terma jamoasi 9:8 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
- World - U17 Jahon chempionati
- Round of 32
Republic of Ireland U17
- Michael Noonan 65'
P.S.
1
:
1
14.11.2025 20:15
Canada U17
- Sergey Kozlovskiy 85'
Fikrlar