U-17 Osiyo kubogi. Bugun O‘zbekiston turnirdagi ilk o‘yinini o‘tkazadi!
Saudiya Arabistoni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. Bugun “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi turnirda o‘z yurishini boshlaydi.
Vakillarimiz 2-tur doirasida Hindistonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da “King Abdullah Sports City” majmuasining “Hall Stadium” maydonida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Sergey Chigodaev shogirdlari ilk turda Shimoliy Koreya bilan bahs olib borishi kerak edi. Biroq raqibning turnirda ishtirok etishdan voz kechgani sababli o‘yin bekor qilingan.
- Osiyo - OFK U17 Osiyo kubogi
- Guruh bosqichi
India U17
Tugadi
0
:
3
10.05.2026 22:00
Uzbekistan U17
- Laziz Abduraimov 32'
- Wangkhem Denny Singh 61'
- Akhrorbek Ravshanbekov 79'

Fikrlar