U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston ishonchli hisobda Avstraliyanı mag‘lub etib, guruhda peshqadam bo‘ldi

  • 13.05.2026 22:56
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistoni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. “D” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi so‘nggi 3-turda Avstraliyaga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur bellashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Mirkomil Murodov hamda Ahror Ravshanbekov mualliflik qildi.

Shu tariqa, Sergey Chigodaev shogirdlari guruhda 6 ochko to‘plab, keyingi bosqichga chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!