U-17 Osiyo kubogi. O‘zbekiston yirik hisobda Hindistonni mag‘lub etib, Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

  • 10.05.2026 23:58
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Saudiya Arabistoni 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. “B” guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Hindistonga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur bellashuvda vakillarimiz yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab Laziz Abduraymov penalti­ni aniq amalga oshirib hisobni ochdi. 61-daqiqada Mirkomil Murodovning burchakdan uzatgan to‘pi raqib futbolchisi tomonidan o‘z darvozasiga yo‘naltirildi. Shuningdek, Ahror Ravshanbekov ham o‘z nomini tabloga yozdirib, hisobni yiriklashtirdi — 3:0.

Shu tariqa, Sergey Chigodaev shogirdlari muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi va Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

  • Osiyo - OFK U17 Osiyo kubogi
  • Guruh bosqichi
135373.png

India U17

Tugadi
0 : 3

10.05.2026 22:00

266539.png

Uzbekistan U17

  • Laziz Abduraimov 32'
  • Wangkhem Denny Singh 61'
  • Akhrorbek Ravshanbekov 79'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olim
11/05/2026 00:33
Maladets.