
U-19 Osiyo chempionati saralashida O‘zbekiston yoshlari Tojikiston, Bangladesh, Shri-Lanka hamda Maldiv bilan bellashadi
Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bugun, 21 aprel kuni 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida 2018 yili bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a marosimida OFKga a’zo 43 mamlakat federatsiyasi (assotsiatsiyasi) ishtirok etdi. Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston “B” guruhidan joy olib, final yo‘llanmasi uchun Tojikiston, Bangladesh, Shri-Lanka va Maldiv orollari termalariga qarshi bahs olib boradi.
Saralash bosqichi reglamentiga ko‘ra, guruhda birinchi o‘rinni olgan 10 jamoa hamda guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan eng yaxshi besh jamoa U-19 Osiyo chempionati mezboniga qo‘shilgan holda final bosqichiga yo‘llanma oladi.
Eslatib o‘tamiz, U-19 Osiyo chempionati saralash bosqichi shu yilning 31 oktyabr – 8 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning final bosqichi esa 2018 yilning 18 oktyabr – 4 noyabr kunlari o‘tkaziladi.
Fikrlar