
U-21 chempionati yakunlandi. Qaysi jamoalar ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi? (Yakuniy turnir jadvali)
Bugun U-21 Chempionatida oxirgitur bahslari bo‘lib o‘tdi. Chempion nomi bir necha tur avval ma’lum bo‘lgandi. Bugun esa 2- va 3-o‘rinni egallagan jamoalar aniqlandi.
26-turda 4-o‘rindagi "Paxtakor" kichik Toshkent derbisida "Bunyodkor"dan ustun kelib, 2-o‘rinni egalladi. "Nasaf" esa o‘z uyida "Lokomotiv" bilan durang o‘ynab, uchinchi pog‘onani band etdi.
Quyida U-21 Chempionatining 26-turida qayd etilgan natijalar va turnir jadvali bilan tanishing:
NASAF — LOKOMOTIV 2:2
Gollar: Shahboz Nuriddinov, 18 (1:0), Anvar Alijonov, 70 (1:1), Sherzod Komilov, 74 (1:2), Sherali Rasulov, 90+4 (2:2)
SURXON — MASSh’AL 1:1
Gollar: Muhammadali Abdurahmonov, 20 (1:0), Asadbek Jo‘raqulov, 50 (1:1)
Chetlatish: Amal Ismatov, 79 ("Surxon")
QIZILQUM — METALLURG 2:0
Gollar: Ilhom Kenjaev, 55 (1:0), Bobomurod Imomov, 89 (2:0)
NAVBAHOR — QO‘QON-1912 2:0
Gollar: Jahongir Tursunov, 42 (1:0), Husain Ergashboev, 78 (2:0)
Chetlatishlar: Husan G‘anijonov, 48 ("Navbahor"), Mirzohid Mirzamahmudov, 90+2 ("Navbahor", ikkinchi sariq)
AGMK — SO‘G‘DIYoNA 2:0
Gollar: Zohid Rahimov, 66 (1:0), Nodir Ne’matxonov, 68 (2:0)
TURON — ANDIJON 2:1
Gollar: Umid O‘ktamaliev, 1 (1:0), Asilbek Aysarov, 40 (1:1), Rustam Azimov, 48 (2:1)
Chetlatish: Jamshid Hamidov, 65 ("Andijon")
BUNYoDKOR — PAXTAKOR 1:2
Gollar: Muzaffar Olimjonov, 12 (1:0), Shahzod Rahmatullaev, 72 (1:1), Rustam Turdimurodov, 81 (1:2)
Fikrlar