
U-23 Osiyo chempionatida 1-tur o‘yinlari yakunlandi. Guruhlarda vaziyat qanday?
Tailandda o‘tkazilayotgan U-23 Osiyo chempionatida 1-tur bahslari yakunlandi.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi joylashgan "S" guruhida Janubiy Koreya oxirgi daqiqalarda Xitoy darvozasiga gol urib, 3 ochkoni qo‘lga kiritgani bois 1-o‘rinda bormoqda. Eron bilan durang qayd etgan Lyubinko Drulovich shogirdlari esa 3-pog‘onada.
Grandlardan biri Yaponiya kutilmaganda Saudiya Arabistoniga yutqazib qo‘ydi. Musobaqa mezboni Tailand esa chempionatni yirik g‘alaba bilan boshladi. Avvalgi qit’a birinchiligida finalda O‘zbekistonga qarshi bahs yuritgan Vetnam ham 1-turda durang qayd etdi.
Quyida 1-tur natijalari va guruhlardagi vaziyat bilan tanishishingiz mumkin:
“A” guruhi
1-tur, 8 yanvar
Iroq – Avstraliya 1:1
Tailand – Bahrayn 5:0
2-tur, 11 yanvar
Bahrayn – Iroq
Avstraliya – Tailand
“V” guruhi
1-tur, 9 yanvar
Qatar – Suriya 2:2
Yaponiya – Saudiya Arabistoni 1:2
2-tur, 12 yanvar
Saudiya Arabistoni – Qatar
Suriya – Yaponiya
“S” guruhi
1-tur, 9 yanvar
O‘zbekiston – Eron 1:1
Janubiy Koreya – Xitoy 1:0
2-tur, 12 yanvar
Eron – Janubiy Koreya
Xitoy – O‘zbekiston
“D” guruhi
1-tur, 10 yanvar
Vetnam – BAA 0:0
KXDR – Iordaniya 1:2
2-tur, 13 yanvar
BAA – KXDR
Iordaniya – Vetnam
Fikrlar