
U-23 Osiyo kubogi saralashi. Keskin va shiddatli o‘tgan bahsda O‘zbekiston Eron ustidan minimal hisobda g‘alaba qozonib, Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
U-23 Osiyo kubogi saralashidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Eron bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv vakillarimizning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
47-daqiqada Abduqodir Husanovning ideal uzatmasidan so‘ng Abbosbek Fayzullaev hisobni ochdi. Shundan keyin Fayzullaev va Norchaevda yana bir nechta vaziyatlar bo‘ldi. Biroq vakillarimizga gohida aniqlik etishmagan bo‘lsa, gohida raqib posboni ishonchli harakat qildi.
Shu tariqa, Timur Kopadze shogirdlari birinchi o‘rin bilan guruhdan chiqishdi.
Fikrlar