
U-23 Osiyo kubogi saralashi. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Gongkong darvozasiga javobsiz 10 ta gol urib g‘alaba qozondi!
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichi 2-turi doirasida Gongkong - O‘zbekiston o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda vakillarimiz o‘ta yirik 10:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Hamyurtlarimiz safida gollarni Norchaev (xet-trik), Fayzullaev, Odilov (penalti), Rahmonaliev (penalti), Man Yip Cheuk (avtogol) va Hoshimov(xet-trik) mualliflik qildi.
Shu tariqa, olimpiyachilarimiz bu turdagi ajoyib g‘alaba evaziga turnir jadvalida yana 1-o‘ringa chiqib oldi. Navbatdagi 3-tur o‘yini 12 sentyabr kuni 19:00 da Erontermasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar