
U Angliyadan ketdi
“Tottenxem” bilan shartnomasi yakunlangan Yan Vertongen faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Joze Mourinoga kerak bo‘lmay qolgan himoyachi “Benfika” tarkibiga bepul qo‘shiladi. Belgiyalik futbolchi bu klub bilan uch yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Vertongen yakunlangan premer-liga bahslarida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi.
Fikrlar