"U biz uchun haqiqiy qurolga aylanishi mumkin"
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti La Liga 18-turi doirasidagi "Kadis"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng jamoa yulduzi Eden Azar haqida fikr bildirdi:
"U uchun maydonga qaytish qiyin bo‘ldi. Eden ikkinchi bo‘limda nisbatan yaxshiroq harakat qildi. Azar qanotda o‘ynashga odatganmagan, markazda kuchliroq o‘ynaydi. U mavsumning ikkinchi qismida biz uchun haqiqiy qurolga aylanishi mumkin",-dedi Anchelotti.
Joriy mavsum belgiyalik futbolchi 11 uchrashuvda maydonga tushib, 1 golga assistentlik qildi. U so‘nggi 3 oy ichida ilk bor "qaymoqranglilar" libosida o‘yinni asosiy tarkibda boshladi.
30 yoshli Azar 2019 yilda "Chelsi"dan "qirollik klubi" tarkibiga 115 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar