
U jamoaga kerak! Flik "Bavariya" yulduzini o‘z tarkibida ko‘rmoqchi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaga "Bavariya" himoyachisini olib kelish niyatida.
Mutaxassis "Bavariya"ning hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musialani o‘z tarkibida ko‘rishni xohlayapti. "Barselona" Musiala bilan shartnoma imzolashning qiyinligini tushunadi. Biroq, klub yozda buni amalga oshirishga harakat qiladi. Shu bilan birga, Kataloniya klubining moliyaviy ahvoli bu transferga to‘siq bo‘lishi mumkin. Sababi, futbolchini sotib olish katta xarajat talab etadi.
Avvalroq, "Bavariya"ning 21 yoshli xavbek bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmiga qadar amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Flik Myunxen klubida murabbiylik qilgan payti Musiala bilan ishlagan va aynan uning rahbarligida iste’dodli futbolchi 2020 yilda asosiy jamoada debyut qilgan edi.
Fikrlar