U Mbappe bilan o‘ynashni istamadi

  • 16 iyun, 2022, 08:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” hujumchisi Romelu Lukakuga jiddiy qiziqish bildirgan PSJ belgiyalik o‘yinchidan quruq qoldi. Ma’lumotlarga qaraganda, parijliklar Kilian Mbappe atrofida kuchli hujumchilarni to‘plashga harakat qilmoqda.

Lukaku o‘z oldiga “Inter”ga qaytish maqsadini qo‘ygan. Shu bois, u boshqa biror klub taklifini qabul qilayotgani yo‘q.

“Chelsi” rahbariyati ham rekord summaga olingan, lekin ishonchni oqlamagan qimmatbaho o‘yinchidan tezroq qutilishga harakat qilyapti.

“Inter” sobiq o‘yinchisini sotib olish uchun etarli pul topishi qiyin. Mutaxassislar milanliklar Lukakuni ijara asosida qo‘lga kiritishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!