
U Messi yoki Ronaldudek bo‘lishi mumkin edi...
Gollandiyalik mashhur yarim himoyachi Uesli Sneyder o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solmaganini tasdiqladi.
“Men ham Ronaldu yoki Messidek bo‘lishim mumkin edi, lekin buni xohlamaganman. Men hayotdan zavqlandim, ba’zan kechki ovqat paytida bir bakal ichkilik ichib turardim. Leo va Krishtianu butkul boshqacha, ular faoliyati uchun barcha narsalarini qurbon qilishdi. Ammo, menda afsuslanadigan hech narsa yo‘q, faoliyatim baribir havas qilarli bo‘ldi”, - deydi Sneyder.
Sneyder faoliyatini 2019 yilda 35 yoshida yakunladi. U "Ayaks", "Real", "Inter", "Galatasaroy", "Nitstsa" va "Al-Garafa" klublarida to‘p surdi.
Fikrlar