
U Mourinoga jamoaga kerakligini isbotlab qo‘yishi shart
“Roma” hujumkor futbolchisi Stefn El-Shaaravining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
30 yoshli futbolchi hamkorlikni davom ettirishi uchun mavsumning qolgan qismida Joze Mourinoga jamoaga kerakli ekanini isbotlab qo‘yishi shartligi aytilmoqda.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, Stefanning o‘zi klub unga yangi bitim berishini kutyapti. Biroq, buning uchun Mourino rozi bo‘lishi talab etiladi.
Katta tajribaga ega ekaniga qaramay, italiyalik futbolchi asosiy tarkiba kirishga qiynalmoqda. El-Shaaravi Eldor Shomurodov bilan birga boshlang‘ich tarkibdagi joyi kafolatlangan Paulo Dibala, Temmi Abraxam, Andrea Belotti kabi o‘yinchilarning o‘rinbosari hisoblanadi.
Stefan El-Shaaravi bir necha pozitsiyada o‘ynay oladi. Murabbiylar shtabi undan tarkibning bo‘sh nuqtalarini yopishda foydalanmoqda va aksariyat vaziyatlarda bir necha daqiqa o‘ynatyapti xolos.
Fikrlar