U tez orada "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytiradi

  • 18.01.2020 13:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” klubi rahbariyati tez orada Paulo Dibala bilan amaldagi shartnomani uzaytiradi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 26 yoshli argentinalik futbolchi “keksa sinora” bilan 2024 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekadi. Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, Dibala joriy mavsum A Seriyada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!