
UAE Warriors turnirida o‘zbekistonlik jangchilar oktagonga ko‘tariladi
20 oktyabr kuni BAAning Abu-Dabi shahrida katta MMA kechasi tashkil etiladi. Batafsil ma’lumot beradigan bo‘lsak, UAE Wariors promousheni o‘zining navbatdagi turnirini o‘tkazadi.
Biz uchun muhim jihati, ushbu jang oqshomida ikki nafar hamyurtimiz ham oktagonga ko‘tariladi.
Jumladan, engil vazn (70,3 kg) toifasida Jahongir Jumaev (7-1) frantsiyalik Dilan Salvador (4-1) bilan bahs yuritsa, yana bir yurtdoshimiz Ilhom Nazimov (8-1) Ozarbayjon vakili Xazar Rustamov (6-3) bilan jang qiladi.
Shu o‘rinda ushbu yurtdoshlarimizga Oldinda turgan muhim janglarda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar