Uch klub hujumchini “Chelsi”dan olib ketmoqchi, lekin...

  • 23.08.2026 10:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” hujumchisi Nikolas Jekson transfer oynasi yopilguniga qadar klubini oʻzgartirishi mumkin.

25 yoshli futbolchi bilan Madriddning “Atletiko”si, “Tottenxem” va “Aston Villa” qiziqmoqda.

RMC Sport maʼlumotlariga koʻra, uchala daʼvogarni ham londonliklar belgilagan narx –  60 million funt sterling, yaʼni taxminan 70 million yevro choʻchitmoqda. Shuningdek, “Aston Villa” senegallik futbolchini ijaraga olish variantini afzal koʻrayotgani maʼlum.

Transfermarkt bahosiga koʻra, Nikolas Jeksonning bozor qiymati 40 million yevro. Oʻtgan mavsumda hujumchi “Bavariya”da ijara asosida oʻynadi.

“Chelsi” futbolchini 2023 yilda “Vilyarreal”dan 37 million yevroga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!