“Uch millat kubogi”: O‘zbekiston ayollar termasi Qozog‘istonni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida kecha, 15 avgust kuni ayollar terma jamoalari o‘rtasida “Uch millat kubogi” xalqaro turniri start oldi. Mazkur musobaqada mezbon Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Qozog‘iston termalari qantashmoqda.

Turnirning ilk kunida Qirg‘iziston va Qozog‘iston ayollar terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. O‘yin mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

Bugun, 16 avgust kuni O‘zbekiston ayollar termasi Qozog‘iston bilan kuch sinashib, 7:0 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.  

“Uch millat kubogi”
Bishkek, Qirg‘iziston
15 avgust, seshanba

Qirg‘iziston – Qozog‘iston 3:0 (0:0)
Gollar:
Qodirova (46), Tsoy (69, 74)

16 avgust, chorshanba

Qozog‘iston – O‘zbekiston
Gollar:
Mahliyo Sarikova (11), Liana Norbekova (15, 45), Lyudmila Karachik (34), Maxfuza Turopova (62), Umida Zoirova (73), Diyora Habibullaeva (88).  

Musobaqaning qolgan uchrashuvlari quyidagicha ko‘rinish olgan:

17 avgust, payshanba
16:30 Qizg‘iziston – O‘zbekiston

18 avgust, juma
16:30 Qozog‘iston – Qirg‘iziston

19 avgust, shanba
16:30 O‘zbekiston – Qozog‘iston

20 avgust, yakshanba
16:30 O‘zbekiston – Qirg‘iziston

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!