
Uch nafar yulduz futbolchi klubining EChL o‘yinlari qaydnomasiga kiritilmadi
Shanba kuni UEFA Chempionlar ligasining 2025/26 yilgi mavsumi uchun klublar o‘z qaydnomalarini e’lon qildi.
Qiziq tomoni shundaki, ayrim klublardagi taniqli futbolchilar jamoasining EChL o‘yinlari uchun kengaytirilgan tarkibidan o‘rin olmagan.
Demak, "Liverpul"dan Federiko Keza, "Arsenal"dan Gabriel Jezus va "Tottenxem"dan Matis Tel qaydnomadan o‘rin olmagan. Bundan tashqari, "Chelsi"ning yangi futbolchisi Fakundo Buonanotte ham klubning EChL o‘yinlari uchun ro‘yxatida yo‘q.
Fikrlar