
Uchta goldan keyin rossiyalik murabbiy o‘zbek futbolchilarining ustun tomonlarini tan oldi
Buxorodagi "Buxoro Arena" stadionida O‘zbekiston va Rossiya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi birinchi o‘rtoqlik uchrashuvi 3:3 hisobida yakunlandi.
O‘yindan keyin Rossiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ivan Shabarov o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
— Hisob 3:3 bo‘ldi. O‘yin haqida nima deysiz?
— Natija qoniqtirgani yo‘q, chunki biz g‘alaba qozonishni istagan edik. Kim bilan o‘ynashni farqi yo‘q, O‘zbekiston bilanmi yoki Angliya bilan. Har bir uchrashuvda o‘yinchilarni g‘alabaga o‘rgatyapmiz. Lekin o‘yinning o‘zi yaxshi bo‘ldi, muayan darajada qoniqish bor.
Biz standart vaziyatlarda yuqoridagi to‘p uchun kurashda xatolarga yo‘l qo‘ydik, raqib bu borada bizga juda ko‘p muammo tug‘dirdi. Bu ishlashimiz kerak bo‘lgan muammolarni ochiq ko‘rsatdi. Bu ma’lumotlar faqat biz uchungina emas, o‘yinchilar tayyorlanayotgan klublarga ham kerak.
— Bu muammolarga tezkor echim topib bo‘lmaydimi?
— Yo‘q. Bu mahorat uzoq muddat davomida shakllanadi. Buning uchun maxsus mashqlar ishlab chiqish kerak. Ular orqali futbolchilar yuqoridan kelayotgan to‘p uchun kurashishni, to‘pni egallab olishni o‘rganadi. Hech kmiga e’tiroz qilmoqchi emasman, lekin o‘yindagi muammolarimiz aynan shundan kelib chiqyapti.
Birinchi bo‘limda to‘pga egalik qilganimizga qaramay, hujumkor o‘yin ko‘rsata olmadik. To‘p orqa chiziqda qolib ketdi, oldingi siljimadi. Pressing orqali, bosim o‘tkazib,xavfli vaziyatlar yaratdik. Golni ham shunday urdik.
Tanaffusdan keyin raqib toliqib qoldi va bo‘sh hududlar ochildi. Lekin bu holatga kelgunicha bir bo‘limni sarflab yuborish qimmatga tushadi.
— Penalti bo‘lgan vaziyatni qanday baholaysiz?
— Hali videotakrorni ko‘rmadim. Eng asosiysi, penalti emas, raqib to‘pga birinchi etib kelganidir. Demak, bu vaziyatda etarlicha yaxshi o‘ynamadik. Umuman olganda, burchak to‘pi, autdan keyin yuzaga keldi. Biz hujumdan himoyaga o‘tishda sustkashlikka yo‘q qo‘ydik. Burchak to‘pi ana shu xatolar seriyasi oqibatidir.
—Ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinidan nima kutyapsiz?
— Boshlang‘ich tarkib boshqa bo‘ladi. Bugun o‘ynamaganlar maydonga tushadi. Birinchi uchrashuvdan xulosa chiqaramiz. Raqib ham bizni o‘rganadi, qandaydir harakatlarni amalga oshiradi. Qiziqarli o‘yin bo‘ladi.
— Rossiya terma jamoasida eng yaxshi futbolchi sifatida kimni e’tirof etasiz?
— Umumiy olganda Glebov yaxshi o‘ynadi. Ryadno va Rojkov faollik ko‘rsatdi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan orasidae Ivanov va Yushkov yoqdi. Bu o‘yinchilar boshqalardan yaxshiroq ko‘rindi. Lekin birortasini alohida ajratib ko‘rsatb bo‘lmaydi. Chunki hech kim bir kuchi bilan o‘ynamadi.
Fayzullaev Shomurodov ortidan Evropaga boradi
O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi
Fikrlar