
Uchta grand Angliyada paydo bo‘lgan 15 yoshli supertalantni talashyapti
Angliya futbolchida yangi yulduzcha paydo bo‘ldi. 15 yoshli Jeremi Monga noyob iste’dod egasi sifatida bo‘y ko‘rsatmoqda.
“Lester Siti” kashf qilgan qanot hujumchisining dovrug‘i bugungi kunda Angliyadan tashqariga ham tarqaldi. Mamlakatning o‘zida Jeremiga “Manchester Siti” va “Chelsi” da’vogarlik qilmoqda.
Endi o‘yinchini nishonga olgan grandlar qatoriga “Real” ham qo‘shildi.
Jeremi Monga yosh bo‘lishiga qaramay, o‘ta tezkorligi, driblingi va maydonni yaxshi ko‘ra olish qobiliyati bilan ajralib turibdi.
“Lester Siti” kelajagi porloq o‘yinchini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Ekspertlar Monganing transfer summasi yoshi ulg‘ayishi bilan yanada ko‘tarilib borilishini ta’kidlamoqda.
“Real” rahbariyati klubning jahon miqyosidagi mavqei har qanday o‘yinchi kabi Jeremi Monganing tanloviga ta’sir qilishiga umid bildirmoqda.
Fikrlar