
UEFA Millatlar kubogiga qur’a tashlandi
UEFA tomonidan yangi tashkil qilingan UEFA millatlar ligasi qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, qit’aning 55 terma jamoasi to‘rtta ligaga ajratilgan holda to‘rttadan guruhga ajratib chiqildi.
Qur’a natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
«A» Ligasi
1-guruh: Germaniya, Frantsiya, Niderlandiya.
2-guruh: Belgiya, Shveytsariya, Islandiya.
3-guruh: Portugaliya, Italiya, Polsha.
4-guruh: Ispaniya, Angliya, Xorvatiya.
«B» Ligasi
1-guruh: Slovakiya, Ukraina, Chexiya.
2-guruh: Rossiya, Shvetsiya, Turtsiya.
3-guruh: Avstriya, Bosniya va Gertsegovina, Shimoliy Irlandiya.
4-guruh: Uels, Irlandiya, Daniya.
«C» Ligasi
1-guruh: Shotlandiya, Albaniya, Isroil.
2-guruh: Vengriya, Gretsiya, Finlyandiya, Estoniya.
3-guruh: Sloveniya, Norvegiya, Bolgariya, Kipr.
4-guruh: Ruminiya, Serbiya, Chernogoriya, Litva.
«D» ligasi
1-guruh: Gruziya, Latviya, Qozog‘iston, Andorra.
2-guruh: Belarus, Lyuksemburg, Moldova, San-Marino.
3-guruh: Ozarboyjon, Farer orollari, Malta, Kosovo.
4-guruh: Makedoniya, Armaniston, Lixtenshteyn, Gibraltar
«A» ligasidagi to‘rt guruh g‘oliblari 2019 yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan final bosqichiga chiqishadi. Mezbonlarni UEFA 2018 yilning dekabr oyida ishtirokchilar orasidan tanlab oladi. B, C va D guruhi g‘oliblari darajasini ko‘tarish uchun uchrashuvlar o‘tkazishadi. A, B va C liga guruhlarida so‘nggi o‘rinni egallagan jamoalar darajasi bir pog‘ona pasayadi.
Fikrlar